DXA kompyuterlar va kommutatsiya uskunalari xaridi uchun takroriy tender e'lon qiladi

Jamiyat 17:05 / 14.02.2020 1563

Tenderlarda xorijiy kompaniyalar ham, tashkilotlar ham, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar), shu jumladan ularda ishtirok etish shartlarini bajargan, tender asosida sotib olingan mahsulotning tegishli hajmini yetkazib berish tajribasiga ega bo‘lgan kichik biznes sub'yektlari ham ishtirok etishi mumkin.

1. Tender komissiyasi ishchi organining nomi va joylashgan manzili:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent shahri, A. Temur shoh ko‘chasi, 16A.

Telefon: (998 71) 207-00-66 (1050), faks: (998 71) 207-00-66.

E-mail: info@davxizmat.uz, davxizmat@exat.uz

2. Tender predmeti:

Lot tartib raqami: 1

  • Tovar nomi: Personal kompyuter Monitor 24 LED (to‘liq ma'lumot tender hujjatlarida) Tizimli blok (to‘liq tavsif tender hujjatlarida)
  • Miqdori: 1000 ta
  • Bir donasi uchun boshlang‘ich narxi (o‘zbek so‘mida): 4.377.360
  • Boshlang‘ich qiymati (o‘zbek so‘mida): 4.377.360.000
  • Zakalat puli o‘zbek so‘mida: 131.320.800

Lot tartib raqami: 2

  • Tovar nomi: Tarmoq kommutatori
    Portlar soni:
    - Kamida 24 10/100/1000 RJ-45 avtomatik tezlikni aniqlaydigan portlar
    - Kamida 2 ta 100/1000 Mbit/sF darajali SFP portlari (to‘liq tavsif tender hujjatlarida)
  • Miqdori: 200 ta
  • Bir donasi uchun boshlang‘ich narxi (o‘zbek so‘mida): 3.330.600
  • Boshlang‘ich qiymati (o‘zbek so‘mida): 666.120.000
  • Zakalat puli o‘zbek so‘mida: 19.983.600

3. Tender o‘tkazish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent shahri, A.Temur shoh ko‘chasi, 16A.

4. Tender doirasida tender komissiyasi tenderda ishtirok etishga ruxsat berilgan ishtirokchilarni saralashni amalga oshiradi.

Savdo qatnashchilariga malakaviy talablar:

- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lmaslik;

- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar va boshqa manbalarga ega bo‘lishi;

- soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi;

- malaka mezonlarini tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etishi;

- avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik holatlari mavjud emasligi;

- tender o‘tkazilishidan kamida olti oy oldin ta'sis etilganligi;

- buyurtmachi va ishchi organ bilan ishtirokchi o‘rtasida arbitraj yoki sud tartibida nizolashilmayotganligi;

- imtiyozli soliq holati va/yoki moliyaviy operatsiyalar o‘tkazilayotganda ma'lumotlarni ochib berish va taqdim etishni nazarda tutmagan (offshor hududlar) davlatlar va hududlarda ro‘yxatdan o‘tmaganlik, shuningdek offshor hududlarda joylashgan banklarda hisob raqamlari mavjud emasligi. Mazkur hududlarda ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan kompaniyalar bundan mustasno.

5. Yetkazib berish shartlari: (Inkoterms-2010 bo‘yicha):

- mahalliy yetkazib beruvchilar uchun: DDP buyurtmachining Toshkent shahridagi omborigacha yetkazib berishi;

- xorijiy yetkazib beruvchilar uchun: CIP Toshkent.

Tovar avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yetkazib berilishi mumkin.

6. To‘lov shartlari va tender takliflarini rasmiylashtirish va boshqa talablar tender hujjatlarida ko‘rsatiladi.

7. Takliflarni ta'minlash shakli tender hujjatlarida ko‘rsatilgan.

8. Mas'ul shaxs: Turdiyev Sardor Ravshanovich – Moddiy-texnika ta'minoti bo‘limi bosh mutaxassisi.
Telefon: (998 71) 207-00-66 (1050);
E-mail: info@davxizmat.uz, davxizmat@exat.uz

9. Tender takliflari 2019 yil 23 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 12.00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 16A manzilida qabul qilinadi.
Telefon: (998 71) 207-00-66, faks: (998 71) 207-00-66.
E-mail: info@davxizmat.uz, davxizmat@exat.uz

10. Tender hujjatlari qoidalarini tushuntirish bo‘yicha so‘rovlar ixtiyoriy shaklda O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 16A manzilida qabul qilinadi.
Telefon: (998 71) 207-00-66, faks: (998 71) 207-00-66.
E-mail: info@davxizmat.uz, davxizmat@exat.uz

11. Tender savdolari bo‘yicha hujjatlarning to‘liq to‘plami www.xarid.uz maxsus axborot portalida e'lon qilingan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: