Alibaba’ning sof daromadi 56 foizga o‘sdi

Fan-texnika 01:47 / 14.02.2020 6521

Alibaba Group kompaniyasi 2019 yilni juda muvaffaqiyatli yakunladi. Biroq kompaniya rahbari Deniyel Chjan Covid-19 koronavirusi kompaniyaning butun biznesiga salbiy ta'sir qilishidan ogohlantirgan.
        
Kompaniya hisobotiga ko‘ra, 2019 yil 4-chorakda Alibaba’ning tushumi 23,2 mlrd dollarni tashkil qilgan va 2018 yilning shu davriga nisbatan 38 foizga o‘sgan. Kompaniyaning sof daromadi esa 56 foizga o‘sib, 7,5 mlrd dollarga yetgan. Bunday muvaffaqiyatga 11 noyabrda Xitoyda nishonlanuvchi “Bo‘ydoqlar kuni”da o‘rnatilgan yangi savdo rekordi ham sabab bo‘lgan.    

Biroq kompaniya istiqbolda barcha bo‘linmalari ko‘rsatkichlari pasayishidan ogohlantirgan. Alibaba ma'lumotlariga ko‘ra, Uniqlo, Big Eve va Estee Lauder kabi yirik brendlarning savdosi hajmi epidemiya sababli bir oyda 40-80 foizgacha kamayib ketgan. Shuningdek, koronavirus sababli kompaniyaning ko‘plab xodimlari yangi yil ta'tillaridan keyin ishga chiqmagan va shu sababli tovarlar yetkazilishi izdan chiqqan. 

Ko‘proq yangiliklar: