Xitoydan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus alomatlari aniqlanmadi

Jamiyat 21:05 / 13.02.2020 17872

4-6 fevral kunlari charter reys orqali 548 nafar o‘zbekistonlik Xitoydan Toshkentga olib kelingan edi.

Evakuatsiyadan bir hafta o‘tib, 12 fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev bergan ma'lumotga ko‘ra, olib kelinganlarning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmagan.

Ayni paytda ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi muassasalarda karantinda bo‘lib turibdi. COVID koronavirusining yashirin davri 14 kungacha davom etishi mumkin.

Avvalroq karantin hududidan fotoreportaj taqdim etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: