Hozirgi kunda «SMS-xabarnoma» xizmatiga ulangan plastik kartalar soni 5 942 206 taga yetdi.
Uzcard kompaniyasi o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan tanishtirdi. Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yilda bankomatlar orqali naqd pul yechib olishning umumiy miqdori 23,27milliard so‘mni tashkil etgan, bu esa o‘z navbatida, 2018 yil bilan taqqoslaganda 18,36 mlrd. so‘mga ko‘proq degani. Shu tariqa, o‘tgan yilda o‘sish ko‘rsatkichi 386 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, kompaniya e-commerce tranzaksiyalari umumiy sonini ham sarhisob qildi, unga ko‘ra, ular bir yil ichida 11,2 foizga o‘sib, 344,3 million so‘mni tashkil etdi. 2019 yilda elektron tijorat bo‘yicha tranzaksiyalarning umumiy hajmi 17,050 trln. so‘mga yetgan, bu ko‘rsatkich 2018 yil bilan solishtirganda 8,8 trln. so‘mga (+ 108,8%) ko‘proq natija ekanligini anglatadi.
2019 yilda POS-terminallar bo‘yicha tranzaksiyalar umumiy hajmi 514,4 mln.ni tashkil etdi, 2018 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 40,5 mln.ga kam (kamayish — 7,3%).