2020 yil 7 fevral kuni taxminan soat 6:20larda Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi “Salar” temiryo‘l bekati yaqinidagi tartibga solinmagan temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joyda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
“Matiz” avtomobili haydovchisi, 66 yoshli A.A. Oxunboboyev-Chuqursoy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan mashinist B.R. boshqaruvidagi 3471-sonli poyezdning 2458-sonli elektrovoz bilan to‘qnashgan.
YTH sababi: “Matiz” avtomobili haydovchisi yaqinlashayotgan poyezd yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan va uni o‘tkazib yubormasdan temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joyga chiqqan.