Nigeriyada odamlar noma'lum kasallikdan vafot etmoqda

Jahon 18:00 / 13.02.2020 15903

Niregiyaning Benue shtatida noma'lum kasallik tarqalishi qayd qilindi. Undan ayni vaqtda 15 kishi vafot etgan, 104 ta kasallanish holati qayd etilgan. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi. 

Mahalliy hukumatning ta'kidlashicha, bu Xitoyda avj olayotgan COVID-19 koronavirusi emas.

Ta'kidlanishicha, noma'lum kasallikdan ilk kasallanish holatlari yanvardayoq qayd qilingan. Uning asosiy alomatlari oshqozon shishishi, ko‘ngil aynish, qayd qilish, ichburug‘, bosh og‘rig‘i hisoblanadi. Dastlab shifokorlar kasallik alomatlari Lassa bezgaginikiga o‘xshash bo‘lgani sababli bezgak yana avj olmoqda deb o‘ylashgan.

Hozirda kasallikni davolash usuli topilmagan. Laboratoriyadagi tibbiyotchilarning ma'lum qilishicha, ular avval uchramagan “yangi kasallikka” to‘qnash kelishgan.

Ko‘proq yangiliklar: