Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchi brend ma'lum qilindi
Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchilari orasida Janubiy Koreyaning Genesis brendi yetakchilik qilmoqda.
J.D. Power konsalting kompaniya tahlilchilari 3 yillik avtomobillar egalari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, dunyodagi eng ishonchli avtomobil markalarini aniqlashdi. 2019 yil natijalari bo‘yicha Genesis brendi g‘olib deb topildi.
Ekspertlar har bir brendga tegishli avtomobilni baholash uchun uni boshqaruvchi 100 kishi bilan so‘rovnoma o‘tkazishgan va ular 2 yil davomida ushbu mashinalardan foydalanishda to‘qnash kelgan muammolari sonini tahlil qilishgan. Bunda shikoyatlar bir necha toifaga bo‘lingan, biroq faralar ishdan chiqishidan tortib smartfonni Bluetooth bo‘yicha ulashda yuzaga kelgan muammolargacha hisobga olingan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchisi reytingda ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, Genesis g‘olib bo‘lgan. Ushbu markaning ikkita modeli bo‘yicha 100 ta avtomobilga 89 ta shikoyat tushgan. 2-o‘rinni Lexus egallagan. Ushbu brendning har bir avtomobili bo‘yicha bittadan shikoyat bildirilgan. 3-o‘rinni 103 ta shikoyat bilan “Byuik” egallagan.
Tadqiqot qoidasiga ko‘ra baholanuvchi avtomobillar kamida 3 yildan beri sotilayotgan bo‘lishi kerak.
Reytingning eng quyi pog‘onalarini Volvo (185 ta shikoyat), Jaguar (186 ta shikoyat), Chrysler (214 ta shikoyat) va Land Rover (220 ta shikoyat) brendlari egallagan.
Bungacha eng ishonchli 3 yillik mashinalar reytingiga qatorasiga 8 yil Lexus yetakchilik qilib kelayotgandi.
Bundan tashqari, mutaxassislar avtomobilsozlik sanoati bo‘yicha shikoyatlar o‘rtacha ko‘rsatkichi yaxshilanganini qayd qilishgan. Bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2 punktga - 136 tadan 134 ta shikoyatgacha kamaygan bo‘lsa-da, ammo oxirgi 31 yil ichida eng yaxshi ko‘rsatkich ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sharof Rashidov tumani hokimi pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 20:32
-
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi
Jahon | 20:28
-
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi
Jahon | 20:09
-
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

23:11 / 04.07.2025
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?

20:17 / 02.07.2025
Piskentdagi avtopoligondan navbatsiz sertifikat olingani tasdiqlandi

16:56 / 02.07.2025