Sergelida MAN yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yubordi

Jamiyat 10:10 / 11.02.2020 8116

Joriy yilning 6 fevral kuni soat 12:30larda, Sergeli tumani THAY-Binokor ko‘chalari kesishgan chorrahada fojiali YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 50-60lar atrofidagi, shaxsi noma'lum erkak kishi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida, haydovchi J.V. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk transport vositasida piyodani urib yuborgan.  

YTH natijasida piyoda tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.  

Ko‘proq yangiliklar: