Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uxanda dastlabki xorijiy fuqarolar koronavirusdan vafot etdi
O‘z fuqarolarining o‘limini AQSh va Yaponiya elchixonalari tasdiqladi. Yangi virusning qurbonlari soni 700 kishidan oshdi

Foto: Xiao Yijiu/Xinhua via AP
Koronavirusning tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Uxanda xorijiy fuqarolar orasida dastlabki qurbonlar qayd etildi. Reuters agentligining AQShning Pekindagi elchixonasiga tayanib xabar qilishicha, shaharda amerikalik fuqaro vafot etdi.
New York Times ma'lumotlariga ko‘ra, gap 60 yoshli ayol haqida bormoqda, unda kasallikni yuqtirib olishdan avval salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Uning qachon kasalxonaga yotqizilgani haqida ma'lumot yo‘q.
AQShning o‘zida 12 kishi kasallangan deb hisoblanmoqda. Qo‘shma Shtatlarda o‘lim bilan tugagan holatlar kuzatilmadi.
O‘z navbatida, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu mamlakat fuqarosi ham Uxandagi kasalxonada vafot etgan. U koronavirusga gumonlanib kasalxonaga yotqizilgan va pnevmoniyadan (zotiljam) vafot etgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 724 kishi dekabr oyida Uxanda paydo bo‘lgan koronavirus qurboniga aylandi. Ularning aksariyati Xubey provinsiyasida vafot etdi.
Xitoyning materik qismidan tashqarida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi: Honkong va Filippinda bittadan o‘lim holati qayd etildi.
Bundan oldin, qurbonlar soni bir kunda 88 kishiga ortgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025