Tuzatish: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarning haqiqiy soni 80 marta ko‘pligi haqida feyk xabar tarqatildi

Jahon 01:01 / 08.02.2020 81088

2 fevral kuni internetda go‘yoki Xitoydagi Tencent kompaniyasi saytida koronavirus bilan bog‘liq karaxt qiluvchi raqamlar e'lon qilib yuborilgani, unga ko‘ra 1 fevral kuniga kelib virusdan 154 ming kishi kasallangani, 24,5 ming kishi vafot etgani, ya'ni qurbonlar soni rasmiy statistikada ko‘rsatilayotgandan 80 marta ko‘proqligi haqida xato ma'lumot tarqatildi. 

Bunga asos sifatida go‘yoki saytdan olingan skrinshotlar keltirildi. Ammo ma'lum bo‘lishicha, bu skrinshot fotoshop mahsuli bo‘lib, Tencent kompaniyasida aslida bunday ma'lumotlar tarqatilmagan. 

So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 636 kishi vafot etgan, 31161 kishi virusni yuqtirib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: