Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epidemiya ichidagi hayot: Xitoyda to‘ylar bekor qilindi va tish tozalagichdan foydalanishning yangi usuli topildi
2003 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) paytida Xitoy hukumati jamoat transportini dezinfeksiyalashga qaror qilgandi. Avtobus va poyezdlarda xlor quyilgandi - virusga qarshi kurashish va xo‘jako‘rsinga - sirli yangi kasallikka qarshi faol choralarni aholiga namoyish qilish uchun.

Qo‘lbola niqoblarning barchasi ham samarali va xavfsiz emas / GETTY IMAGES
Hech narsadan shubhalanmagan yo‘lovchilar sotib olingan chiptalarga ko‘ra joylarni egallashadi, lekin tashqariga chiqishganida shimlar va yubkalarning o‘rindiqqa tekkan qismi oqarib ketganini ko‘rib hayron qolishadi.
Bu safar hammasi boshqacha. 11 million kishilik Uxan shahrida karantin e'lon qilingan, aholiga jamoat transportidan foydalanmaslik va umuman ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi.
Shaharda qolib ketgan har bir mehmon epidemiya markazida hayotga moslashishga harakat qilmoqda.
O‘z-o‘zini himoya qilish

Xitoyda niqoblar har doim mashhur bo‘lib kelgan, chunki ular ifloslangan havoni filtrlaydi, mikrob va viruslardan himoya qiladi va bundan tashqari makiyajni asl holatida saqlaydi.
Yangi virus tarqalishi e'lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach Xitoy va unga qo‘shni mamlakatlarda tibbiy niqoblar sotib tugatilishi ajablanarli holat emas.
Uxandan ming kilometr janubda joylashgan Syamin shahridagi ma'murlar internetda lotereya uyushtirishdi. Sovrin - niqoblar zaxirasi. Bu ish odamlar uzundan-uzoq navbatlar tashkil qilmasligi uchun o‘ylab topilgan.
«Mening birinchi lotereyam yutuqqa niqob qo‘yilgan bo‘ladi deb hech o‘ylamagan edim! Uy ham, mashina ham, stadionga chiptalar ham emas, niqoblar!», - deb yozadi mahalliy aholi vakillaridan biri Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Yuz niqoblari peshtaxtalardan zum o‘tmay yo‘qolib qolyapti, vaholanki ular virus yuqishini oldini olishi mutlaqo tasdiqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) niqoblarning o‘zi yetarli emasligini, muhimi qo‘llarni muntazam va yaxshilab yuvish kerakligini ta'kidlamoqda.
Ba'zi hududlardagi aholi yetarli darajadagi tayyorgarliksiz blok-postlar qurib olishmoqda. Ulardan birida siz teatrga xos ko‘rinishdagi bolta va «Begonalar o‘tmaydi!» yozuvi bilan qurollangan kishini ko‘rishingiz mumkin.
But (five): also don't forget that setting clear boundaries is essential to a healthy life. pic.twitter.com/ifYGMGXQTY
— Manya Koetse (@manyapan) January 27, 2020
Har bir oilada zarur xaridlarni amalga oshirish uchun faqat bitta odamni yuborish imkoniyati mavjud. Ularning ism va manzillari yozib olinadi.
Kurer xizmatlari yuzaga kelgan vaziyatga tez moslashdi va xaridlarni mijozlar olishi mumkin bo‘lgan pochta bo‘limida qoldirmoqda. Shunday yo‘l orqali, kurer va xaridorlar yuzma-yuz uchrashmaydi.
Odamlar qo‘llari bilan tugmalarga tegmasliklari uchun ko‘p qavatli binolarda tish cho‘tkalari va qog‘oz sochiqlardan foydalanishmoqda

Muallaq holati
Romantiklarga qiyin bo‘ldi. 2 fevral yakshanbani (02.02.2020) ko‘plab xitoyliklar nikoh uchun juda qulay kun deb hisoblashgan.
Ammo Pekin shahri FHDYo idorasi odamlar to‘planishi oldini olish maqsadida poytaxtda nikoh ro‘yxatga olinmasligini e'lon qildi.

Shu kuni Uxandan ming kilometr narida joylashgan Sichuan shahrida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi.
Mahalliy aholi og‘ir tanlovga duch keldi: xarobalar ostida tiriklayin ko‘milish xavfiga qaramay bino ichida qolish yoki koronavirus yuqishi ehtimoliga qaramay ko‘chaga chiqish.
Yaxshiyamki, binolar zarar ko‘rmadi va hech kim o‘lmadi.
Endi ko‘plab maktablarda darslar masofadan turib, internet orqali olib borilmoqda. Ingliz tilidagi Xitoy davlat gazetasi Global Times nashrining xabar berishicha, 1 fevral kuni mamlakatdagi 12 milliondan ortiq o‘quvchi onlayn tahsil oldi.
As of Sunday, more than 12 million studens from around 20,000 schools across China were taking lessons online via #Alibaba's online office platform Dingding, as the sudden outbreak of #coronavirus made it inconvenient for many studens to take courses at physical classrooms. pic.twitter.com/CPBaq323e2
— Global Times (@globaltimesnews) February 3, 2020
Yangi virusni tadqiq qilayotgan mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu infeksiyadan o‘lish ehtimoli SARS virusidagiga qaraganda ancha past.
Ammo olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishga urinayotgan bir paytda, aksariyat insonlar yuqumli kasallikdan himoyalanishda o‘zlarining shaxsiy usullarini o‘ylab topishmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025