O‘zbekiston | 10:19 / 07.02.2020
2914
2 daqiqa o‘qiladi

«Bahor» ansambli Toshkent radio eshittirish uyi binosiga joylashtiriladi

Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha hukumat hujjati qabul qilinadi

Muhokama uchun e'lon qilingan loyihaga ko‘ra, Madaniyat vazirligi, Milliy teleradiokompaniyaning Madaniyat vazirligi huzuridagi “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” ansambli” davlat muassasasini Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi 49-uy manzilida joylashgan Milliy teleradiokompaniya tasarrufidagi Toshkent radio eshittirish uyi binosining 3-qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Milliy teleradiokompaniya “Bahor” ansambliga ma'muriy xonalar va mashg‘ulot zallari ajratishni nazarda tutgan holda uni faoliyat olib borish uchun obektga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiradi.

Obektda mukammal ta'mirlash va jihozlar ishlari bo‘yicha:

Madaniyat vazirligi huzuridagi Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriluvchi obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha buyurtmasi xizmati davlat muassasasi ‒ buyurtmachi etib belgilanadi;

bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlanadi.

Belgilab qo‘yilishicha, obektda mukammal ta'mirlash va jihozlar ishlari Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar, Madaniyat vazirligining 2020 yil uchun investitsiya dasturi mablag‘laridan iqtisod qilingan qismi, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid