Apple’ga Fransiyada 25 mln yevrolik jarima solindi 

Jahon 23:05 / 07.02.2020 3040

Ta'kidlanishicha, kompaniya iste'molchilarga iPhone smartfonlari operatsion tizimi yangilanishi qurilmalarning ishlashini sekinlashtirishini ma'lum qilmagani uchun jarimaga tortilgan. Bu haqda Politico nashri xabar berdi

“Iste'molchilar ayfonlaridagi operatsion tizimning eski versiyasiga qayta olishmagach, qurilmalaridagi akkumulyatorlarni almashtirishga va hattoki yangi telefon sotib olishga majbur bo‘lishgan”, deb aytgan iste'molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi bosh direktori.

Apple’ga qarshi ish nohukumat tashkilotining shikoyatidan keyin ko‘rib chiqilgan. Tashkilot AQSh kompaniyasi iste'molchilar yangi telefonlar sotib olishi uchun eski telefonlari ishlashini sekinlashtiruvchi yangilanmalarni ataylab chiqarishda ayblagan. 

Biroq tergov kompaniya “atayin shundan qilganining” isbotlarini topa olmagan. Ammo iste'molchilar telefonlari iOS operatsion tizimi yangilangandan keyin sekinroq ishlashidan ogohlantirilmaganlar va shu sababli Apple ularni yanglishtirishda aybdor deb topilgan.

“Apple’ga solingan 25 mln dollarlik jarima kompaniyalarga ular iste'molchilarga xavfsiz va barqaror mahsulot sotishga javobgar ekanliklari haqida eslatmadir”, deb aytgan Fransiya iqtisodiyot vazirligi kichik vaziri Agnes Pane-Runaxer.  

O‘z navbatida Apple matbuot kotibi “kompaniyaning maqsadi doimo xavfsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish va iPhone’larning iloji boricha ko‘proq xizmat qilishi bo‘lganini hamda tergov natijalaridan ko‘ngillari to‘qligini” ta'kidlab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: