XKSdan Yerga 3 fazogir qaytdi

Jahon 18:27 / 06.02.2020 8733

Fazogirlarni Yerga qaytargan «Soyuz MS-13» kemasi XKSning «Poisk» modulidan Toshkent vaqti bilan soat 10.50 daqiqada ajralgan. Kemaning qaytishi ishchi tartibda o‘tgan va u soat 14.12da Qozog‘istonning Jyezqazg‘an shahridan 147 km uzoqlikdagi dashtga qo‘ngan.  

Yerga Roskosmos fazogiri Aleksandr Skvorsov, NASA astronavti Kristina Kuk va Yevropa koinot agentligi vakili Luka Parmitano qaytgan. 

Ta'kidlash joiz, Skvorsov va Parmitano XKSda 200 kun, amerikalik ayol astronavt Kristina Kuk 328 kun qolib, ayollar o‘rtasida orbitada qolish davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Bundan tashqari, Kuk XKSdagi faoliyati davomida 6 marta ochiq koinotga chiqqan va boshqa bir ayol astronavt Jyessika Meir bilan birga tarixda birinchi marta ikki ayol fazogirning bir vaqtda ochiq koinotga chiqishida ishtirok etgan.

Hozirda koinot stansiyasida aprel o‘rtalarigacha Roskosmos fazogiri Oleg Skripochka hamda NASA astronavtlari Endryu Morgan va Jyessika Meir ishlashni davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: