Xitoy AQSh mahsulotlariga nisbatan kiritilgan bojlarni pasaytirishga qaror qildi

Jahon 15:54 / 06.02.2020 8768

Xitoy davlat kengashining soliq-tarif siyosati bo‘yicha qo‘mitasi AQShning umumiy qiymati 75 mlrd dollarlik mahsulotlariga nisbatan boj to‘lovlarini pasaytirishga qaror qildi.  

14 fevraldan AQSh mahsulotlariga kiritilgan 10 foizlik bojlar 5 foizga, 5 foizlik bojlar 2,5 foizgacha pasaytiriladi.

Qaror "Xitoy-Amerika iqtisodiy va savdo munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishiga" yordam berish maqsadida qabul qilindi, deya qo‘mita bayonotidan iqtibos keltirmoqda "Sinxua" agentligi.

15 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari ikki davlat o‘rtasidagi savdo nizosini hal qilishning birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, Pekin ikki yil davomida AQShdan mahsulot sotib olish hajmini kamida 200 mlrd dollarga oshiradi, Vashington esa Xitoy mahsulotlariga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar joriy etmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: