Qozog‘iston Xitoyga barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi

Jahon 17:24 / 06.02.2020 8661

Qozog‘istonning "Kazpochta" pochta operatori Xitoyga jo‘natiladigan barcha turdagi pochta jo‘natmalarini to‘xtatdi.

"Xitoy pochta ma'muriyatining tashabbusi bilan Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida avto, avia va temir yo‘l qatnovi orqali pochta almashinuvi bekor qilindi", - deb xabar berdi "Kazpochta". 

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, Xitoyga hamda tranzit yo‘li bilan Xitoy orqali jo‘natma yuboriladigan mamlakatlar: Bangladesh, Bruney, Butan, Birma, Kamboja, Malayziya, Mongoliya, Nepal, Laos, Shimoliy Koreya, Tailand, Shri-Lanka, Filippin, Tayvanga pochta jo‘natmalarini yuborish to‘xtatilgan.

2 fevralda Qozog‘iston Xitoyning Uxan shahridan 83 nafar fuqarosini vatanga qaytargandi.

Ko‘proq yangiliklar: