Moskvada Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevning o‘g‘li vafot etdi

Jahon 15:25 / 06.02.2020 37798

Moskvada Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevning o‘g‘li Aydar vafot etdi, deb xabar berdi 24.kg va AKIpress o‘z manbalariga tayanib.

Kichik Akayev 43 yoshda edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.  

Bundan tashqari, nashrning ma'lumot berishicha, 5 fevral kuni Qirg‘izistonda sobiq prezidentning jiyani, 59 yoshli Kuban Akayev vafot etgan.

Aydar Akayev 1990-yillarda Kazkommersbankda ishlagan, so‘ngra Qirg‘iziston moliya vazirining maslahatchisi bo‘lgan. 2005 yilda parlament saylovlarida ishtirok etgan, ammo mamlakatda hukumat almashganidan keyin barcha lavozim va vakolatlaridan mahrum bo‘lgan. Unga nisbatan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish, moliyaviy firibgarliklar va o‘zganing mulkini egallab olish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

U Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva bilan turmush qurgan, ammo 2001 yilda ular ajrashib ketishgan. Keyinchalik teleboshlovchi Saykal Chokubayeva bilan oila qurgan. 2005 yildagi voqealardan so‘ng ular Rossiyaga ko‘chib ketishgan.

Ko‘proq yangiliklar: