Qatar telekanali: «Rossiya JCh-2022ga qo‘yilmasligi haqida xat olgan»

Sport 17:26 / 05.02.2020 21957

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani 2022 yilgi jahon chempionatiga qo‘yilmasligi to‘g‘risida xabardor qilgan. Bu haqda yirik sport telekanallaridan biri sanalmish Qatarning BeIN Spors kanalining «tvitter»dagi sahifasida xabar berilgan.

Avvalroq, Britaniya OAVlari Rossiya milliy jamoasi JCh-2022 saralashini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final bosqichiga yo‘llanma olgan taqdirda ham, Qatardagi turnirda bayrog‘i va madhiyasidan foydalanish huquqidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatgandi.

Shuningdek, ushbu taqiqlar jahon chempionatidan tashqari Olimpiada o‘yinlariga ham ta'sir qilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

O‘z navbatida Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) BeIN Spors xabarini rad etib chiqdi. 
«Biz Butunjahon antidoping agentligidan (WADA) Rossiya milliy jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligi borasida hech qanday bildirishnoma olganimiz yo‘q», - deyiladi RFI rasmiy bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: