PFL Superligada nechta jamoa ishtirok etishini ma'lum qildi

Sport 14:40 / 05.02.2020 9795

Superliganing yangi mavsumi 28 fevral kuni start oladi, deya xabar bermoqda PFL rasmiy sayti.

«Yangi mavsum uchun qur'a tashlash marosimi esa 8 fevral kuni soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadigan marosim «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma'lumot uchun, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 jamoa ishtirok etadi. Quyi ligaga tushib ketgan «Dinamo»ning o‘rniga A Pro-liga g‘olibi – «Mash'al» ishtirok etadi» - deya yoziladi PFL xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi mavsum oldidan O‘FA va PFL Superliga ishtirokchilari sonini 12tadan 14taga oshirib, «Surxon» va «Dinamo» klublarini chempionatga qo‘shgandi.

Ko‘proq yangiliklar: