O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi

Fan-texnika 12:10 / 05.02.2020 7153

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi.

2020 yilda respublika bo‘yicha 12 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurish va 2 200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish belgilab olindi.

Shuningdek, 2019 yilda «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km.ga yetkazildi.

Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 237 ta obektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: