Ilk bor YouTube bir yilda qancha daromadga erishgani e'lon qilindi

Fan-texnika 19:48 / 04.02.2020 12294

Alphabet Inc xolding kompaniyasi kutilmaganda ilgari moliyaviy natijalari e'lon qilinmaydigan yo‘nalishlari, jumladan YouTube va Google Cloud daromadi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor etdi.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, 2019 yilda YouTube bo‘linmasi 15,15 mlrd dollar daromad qilgan. Qayd etilishicha, bu 2018 yildagiga nisbatan 36 foiz va 2017 yildagiga nisbatan qariyb ikki baravarga ko‘pdir.

Google bo‘linmasining IV chorakdagi daromadi 17 foizga oshib, 45,81 mlrd dollarga yetgan. Daromadning asosiy qismi reklamadan kelgan - 37,93 mlrd dollar. 

Reklama bilan bog‘liq bo‘lmagan Google (obulutli xizmatlar, Google Home karnaylari, Pixel smartfonlari, Play Store ilovalari) daromadi 5,26 mlrd dollarga yetgan.

Alphabet bir yilda 34,34 mlrd dollar sof foyda olgan, daromadi 161,86 mlrd dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi 1,02 trln dollarga teng.

Ko‘proq yangiliklar: