Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva jamoat fondida ish boshladi

O‘zbekiston 15:10 / 31.01.2020 86242

2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi. 

Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosari etib saylangan. 

Ma'lumot uchun, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 29 yanvar kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarligidan ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: