Yunusobod fojiasi bo‘yicha hukumat komissiyasi xulosasi nega e'lon qilinmayapti? – Mutasaddi javob berdi

Jamiyat 22:07 / 29.01.2020 22108

Biroq oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramay, haligacha komissiya xulosasi, fojianing sabablari hamda aybdorlari ma'lum qilinmadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinayev 29 yanvar kuni Kun.uz muxbirining Hukumat komissiyasi xulosasi nega kechikayotgani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari Hukumat komissiyasi tarkibida ishtirok etish uchun jalb qilingan bo‘lib, vazirlikning Davlat mehnat inspeksiyasi ishtirokida baxsiz hodisa sabablari o‘rganib chiqilmoqda. Fojia oqibatida halok bo‘lganlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon pullarini hisoblash jarayonlari davom etmoqda. Barcha tashkilotlarning xulosalari umumlashtirilgan holda prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Shuningdek, hodisa qurbonlarining oilalariga tovon pullarini to‘lash bo‘yicha tegishli tartibda prokuratura bilan hamkorlik olib borilmoqda. Uzog‘i bilan 2-3 kun ichida komissiya xulosasi e'lon qilinadi va bu haqda OAV orqali jamoatchilikka ma'lumot beriladi», dedi Qudratullo Odinayev.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda 5 va undan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lgan baxsiz hodisalar Hukumat qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshirilishi, komissiya 15 kun mobaynida baxsiz hodisani tekshirib chiqib, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Hukumat komissiyasi dalolatnomasiga asosan marhumlarning o‘limi ularning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda yuz bergani tasdiqlansa, qonunlarda belgilangan tartibda va miqdorlarda boshqa to‘lovlar ham amalga oshirilishi lozim bo‘ladi. Jumladan, Mehnat kodeksining 192- va 193-moddalari xodimning vafoti munosabati bilan uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga zarar to‘lovlari to‘lanishi lozimligini ko‘zda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: