Ukrainada Poroshenko va Obama ma'muriyatiga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Jahon 21:25 / 29.01.2020 8707

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama, Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va AQSh sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenlar nomi tilga olingan korrupsiya ayblovi bo‘yicha surishtiruv boshladi. Bu haqda oliy rada deputati Renat Kuzmin ma'lum qildi.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi xalqaro moliyaviy yordamni o‘g‘irlagani va o‘g‘irlangan mablag‘larni legallashtirgani uchun Poroshenko va Obamaga qarshi ish boshladi", - deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.  

Deputatning aniqlik kiritishicha, "Donald Trampning advokati Rudolf Juliani tomonidan Ukrainadagi korrupsiya to‘g‘risida keltirilgan faktlar o‘rganiladi".

14 yanvarda Kuzmin "byuro detektivlari 2014 yilda Ukrainada kim va qanday maqsadlarda hokimiyatni qo‘lga olgani, Trampning shaxsiy advokati Juliani yozgan 100 mlrd dollar qanday va kim tomonidan o‘g‘irlangani va ofshorlarga olib chiqib ketilganini aniqlashlariga to‘g‘ri kelishi"ni yozgandi.

Uning aytishicha, Juliani Ukrainada o‘g‘irlangan pullar Poroshenko, [Xillari] Klinton va Bayden tomonidan 30/70 nisbatda o‘zlashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: