O‘zbekistonda Tojikistondagi zilzila kuchi sezildi

O‘zbekiston 14:20 / 29.01.2020 29700

O‘zbekistonda 29 yanvar kuni soat 14:12da Tojikistonda ro‘y bergan yerosti silkinishlari sezildi.

Toshkent shahrida yashovchilar 2-3 ballik zilzila kuchini sezishgan

Yevropa—O‘rta Yer dengizi seysmostansiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila Tojikiston hududida yuz bergan. Zilzila episentrida uning kuchi 5,3 magnitudaga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

UPD: O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi axborotiga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 344 km janubiy yo‘nalishda Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan. Toshkent, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz va Qarshi shaharlarida zilzila kuchi 2 ballga, Farg‘ona shahrida esa 3 ballga teng bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: