Olimpiadaga yo‘llanma olgan sportchiga «Cobalt» topshirildi

Sport 21:24 / 29.01.2020 12756

2019 yilning 10-15 noyabr kunlari Germaniyaning Shtutgart shahrida cport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

«Sportchi va uning ota-onasi mehnatini qadrlash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan sportchiga «Cobalt» avtomashinasi, gimnastika turi bo‘yicha federatsiya rahbari Nigora Latipovaga 25 mln. so‘m hamda sportchining ota-onasiga 10 mln. so‘m pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi» - deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yozida Yaponiya poytaxti Tokioda XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: