Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘llardan biri yopiladi

O‘zbekiston 11:40 / 29.01.2020 4278

29–31 yanvar kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek va Mo‘minova ko‘chalari oralig‘ida joylashgan Olimlar ko‘chasidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘lning yopilishiga ushbu ko‘chada olib boriladigan ta'mirlash ishlari sabab bo‘lmoqda.

«Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati axborotida.

Ko‘proq yangiliklar: