JSST Xitoyga koronavirusga qarshi kurashish uchun mutaxassislar yuboradi

Jahon 09:30 / 29.01.2020 9540

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyga mahalliy mutaxassislar bilan hamkorliklda yangi koronavirusga qarshi kurashish uchun xalqaro mutaxassislarni yuboradi. Bu haqda JSSTning Jyenevadagi bosh qarorgohida ma'lum qilindi va hamkorlikdan maqsad virusga javob qaytarish uchun u haqida qo‘shimcha ma'lumot olishdan iboratligi ta'kidlab o‘tildi.  

Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, yangi virus haqida hali ko‘p narsa mavhumligicha qolmoqda. Hanuzgacha uning manbai va Xitoy bo‘ylab tarqalish darajasi aniqlanmagan. Shuningdek, kasallanganlardan 20 foizi og‘ir ahvolda.

Ta'kidlanishicha, JSST vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda va zarurat bo‘lganda qisqa vaqt ichida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mita majlisi chaqirtirilishi mumkin.

Avvalroq JSST virusning xalqaro ko‘lamda tarqalishi xavfini “o‘rtacha”dan “yuqori” darajagacha oshirgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 132 nafarga, kasallanganlar soni 5974 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: