Iroqda Amerika harbiy samolyoti halokatga uchradi – OAV

Jahon 21:56 / 29.01.2020 16804

Iroqning Anbar viloyatida AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli C-27 J Spartan samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Iroqning Alforat News agentligi xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, samolyot bortida to‘rt kishi bo‘lib, ularning barchasi halok bo‘lgan. Avvalroq Iraq Newspaper gazetasi ham samolyot qulagani va to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Iroq va AQSh bu borada rasmiy izoh bermagan.

C-27 J Spartan samolyoti xususiyatlari harbiy xizmatchilar va jangovar texnika tashish, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Dushanba kuni Afg‘onistonning G‘azni viloyatida AQShning Bombardier E-11A rusumli samolyoti qulab tushgandi.

Ko‘proq yangiliklar: