Aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlashda intervension xaridlar tizimi joriy etiladi - Prezident qarori

O‘zbekiston 12:26 / 29.01.2020 3766

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2020 yilda:

«Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish» yo‘nalishida 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda 2021 yildan boshlab don uchun davlat buyurtmasi xaridlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizm nazarda tutiladi.

«Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish» yo‘nalishida 2021 yil hosilidan boshlab bozor kon'yunkturasi tahlili va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish xarajatlarining prognoz hisob-kitobi asosida paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning shartlarini aniqlashda minimal narxlarni belgilash yo‘li bilan paxta xomashyosi narxlarini shakllantirish, xarid qilish va sotishning bozor tamoyillariga o‘tishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Ko‘proq yangiliklar: