Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati Uxandagi xorijliklarni evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayapti
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan yoki ushbu davlatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi. Ma'lum qilinishicha, Xitoy hukumati hozirda chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini e'lon qilgan.

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga ko‘ra 2020 yil 27 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pekin shahrida akkreditatsiya qilingan chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari uchun brifing bo‘lib o‘tgan.
Brifingda quyidagilar ta'kidlangan:
- Xotirjamlik saqlashning zarurligi. Sarosimaga tushish virusning o‘zidan ham kuchliroq tahdid bo‘lishi mumkin. Xitoy bugungacha vujudga kelgan barcha keng ko‘lamli epidemiyalarni bartaraf etgan, koronavirusni ham yengadi;
- Koronavirusni davolash imkonli ish. Xitoy barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Agar Xitoy o‘z oldiga biror maqsad qo‘ysa, albatta unga erishadi;
- Xitoy chet el fuqarolarining o‘z hududidagi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha barcha xalqaro majburiyatlarni bajaradi. Vazirlik va idoralar, shuningdek provinsiya va shaharlarning rasmiy idoralari chet el diplomatik missiyalariga ularning Uxan shahri va Xitoyning boshqa shaharlarida muammoga duch kelgan fuqalarolari xavfsizligini ta'minlash borasida har qanday ko‘makni ko‘rsatishga tayyor. Hozirda Uxan shahri mamlakatning boshqa shaharlariga qaraganda xavfsizroq. Chunki u yerga eng yaxshi mutaxassislar, eng ilg‘or qurilma va texnologiyalar safarbar qilingan.
«Chet el diplomatik vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillarining savollariga javob bera turib, Xitoy tomoni mamlakat hukumati hozirda chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayotganini e'lon qildi.
Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o‘zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor o‘rinbosari B. Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F. Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog‘lanishni qat'iy tavsiya qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasiga +86 135 1102-4242 (Bobur Yaxyayev), +86 139 1175-4476 (Shuhrat Umirov) telefon raqamlari orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga +86 131 2255-5772 (Aziz Ulug‘bekov) telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi», deyiladi TIV ma'lumotida.
- 2019 yil 31 dekabrda Xitoyning Uxan shahrida noma'lum turga mansub pnevmoniya kasalligi paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Kasallikka chalinganlar dengiz mahsulotlari sotiladigan mahalliy bozorda ishlaydigan odamlar edi.
- 7 yanvar kuni pnevmoniyani yangi 2019-nCoV koronavirusi keltirib chiqargani aniqlandi. 20 yanvarda shifokorlar virusning odamdan odamga yuqish xususiyatiga ega ekanligini ma'lum qildi.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusini yuqtirib olish oqibatida vafot etganlar soni 106 nafarga yetgan, virusdan zararlanganlar soni 4500 nafardan oshgan, yana 6973 kishi virusni yuqtirib olishda gumonlanmoqda. Shu vaqtgacha 60 kishi sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan.
- So‘nggi bir kun ichida 26ta o‘lim holati qayd etilgan, shundan 24 nafari Uxanda, 1 nafari Pekinda va yana bir nafari Xaynan provinsiyasida.
-
Xitoydan tashqari, Hongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Kamboja va Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Uxanda taxminan 30 nafar O‘zbekiston fuqarosi bor. 25 yanvar kuni vazirlik rahbari Abdulaziz Komilov ular vatanga qaytarilishi mumkinligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi
Jahon | 21:58
-
Pul qayerga ketdi? Kundalik xarajatlarni qayd etib borish uchun 3 ta bepul ilova
Iqtisodiyot | 21:47
-
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42
-
Yangi formatdagi klublar mundialining plyus va minuslari
Sport | 21:42
Mavzuga oid

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025