Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni yanada ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 17:03 / 28.01.2020 7830

Hozirda O‘zbekiston bilan 2020 yilda Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish borasida muzokara olib borilmoqda, deb ma'lum qildi «Tojiktransgaz» OAJ rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda.

Uning qayd etishicha, respublikaga 200 mln kub metrgacha hajmda gaz yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvga erishish rejalashtirilmoqda.

Shoimzodaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistondan 17,7 mln dollarlik 140 mln kub metr tabiiy gaz import qilingan. 

U O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish 2018 yildagiga nisbatan 2,6 baravarga oshganini ta'kidladi.

Shoimzodaning qayd etishicha, o‘zbek gazining asosiy iste'molchisi Tojikiston alyuminiy zavodidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish olti yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yil aprelidan tiklangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: