Murodjon Ahmadaliyev shu haftada WBA chempionligi kamari uchun jang qiladi

Sport 13:53 / 28.01.2020 19519

Avvaliga bu jang 2019 yilning 13 sentyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo 29 yoshli bokschi Deniel Roman yelkasidan jarohat olgani bahonasi bilan jangda ishtirok eta olmasligini bildirgan va majburiy kamar himoyasi uchun jang muddati shu tariqa ortga surilgandi. Ahmadaliyev esa boshqa raqibga qarshi reyting jangida ishtirok etgandi.

12 ranudlik jang Mayami shahrida (AQSh, Florida shtadi) bo‘lib o‘tadi. 

Ahmadaliyev jangga taniqli murabbiy Joel Dias tayyorlamoqda.

Jang DAZN internet-platformasi orqali translatsiya qilinadi. O‘zbekistonlik boks ishqibozlari Sport TV orqali ushbu jangni 31 yanvar kuni soat 07:00dan boshlab jonli tomosha qilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: