Maktabgacha ta'lim vazirining yoshlar siyosati bo‘yicha ilk maslahatchisi tayinlandi

O‘zbekiston 21:26 / 28.01.2020 7867

Bugun, 28 yanvar kuni  Maktabgacha ta'lim vazirining Yoshlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar yetakchilari kengashi raisi tayinlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tizimdagi yangi lavozim ayni paytda vazirlikning Xalqaro munosabatlar va investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Abror Yo‘ldoshev Komiljonovichga topshirilgan.

«Bugun biz uchun tarixiy kun. Chunki maktabgacha ta'lim tizimida yoshlar masalalari bo‘yicha ilk liderni tanladik.

Bundan keyin tizimning har bir viloyat va tuman boshqarmalarida ham yoshlar yetakchilari tayinlanadi. Chunki rahbarlar uchun yosh kadrlar xuddi elektr dvigatel kuchiday zarur. Chunki ular nafaqat maktabgacha ta'lim tizimidagi yosh kadrlarni, balki biz kabi kattaroq avlod vakillarini ham ortidan ergashtira oladi», – dedi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

Ma'lumot uchun, Abror Yo‘ldoshev 1992 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2014 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.

Ko‘proq yangiliklar: