Fevraldan shengen vizasi 80 yevrogacha qimmatlashadi

Jahon 10:25 / 28.01.2020 10134

2020 yil fevralidan O‘zbekiston fuqarolari shengen vizasini olish uchun ariza topshirishda endilikda 80 yevro boj to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Avval bu qiymat 60 yevroni tashkil qilgan.

Bu shengen vizasini olish uchun barcha ariza topshiruvchilarga qo‘llanadigan yangi Shengen vizasi kodeksi bilan tasdiqlangan.

Bolalar uchun viza narxi avvalgi 35 yevrodan 40 yevrogacha qimmatlashgan. 6 yoshgacha bolalar viza uchun yig‘imlardan ozod etilgan.

Yangi kodeks safargacha arizalarni topshirish mumkin bo‘lgan vaqtni avvalgi 3 oydan 6 oygacha oshirilishini ko‘zda tutgan. 5 yillik ko‘p marotabalik vizalar Shengen hududiga tez-tez boruvchi va ijobiy viza tarixiga ega bo‘lgan sayyohlarga taqdim etiladi.

Shu bilan birga shengen vizasini olish uchun ariza topshirishning eng oxirgi muddati avvalgidek safar sanasigacha 15 kalendar kunini tashkil qiladi.

Shuningdek, shengen vizasi uchun to‘lov qiymatini o‘zgartirish masalasini hal qilish maqsadida har 3 yilda monitoring o‘tkaziladi.

Shengen vizasini olganlar Yevropaning 26 ta davlati: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Lixtenshteynga safarlar amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritadilar.  

Ko‘proq yangiliklar: