Erdo‘g‘an BAA Liviyadagi jangarilarni moliyalashtirayotganini aytdi

Jahon 19:34 / 28.01.2020 6865

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Birlashgan Arab Amirliklari Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftarga yordam berayotgan yollanma jangarilarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda deb hisoblaydi. U bu haqda jurnalistlar bilan suhbatida aytdi.

"Germaniya kansleri Angela Merkelning Turkiyaga tashrifi chog‘ida Liviyadagi vaziyatni batafsil muhokama qildik. Biz ularga Haftarning yolg‘onchi ekanligini aytdik. Misr Abu-Dabi ma'muriyati singari Haftarning asosiy tarafdori hisoblanadi", - dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BAA ularni nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi, balki qurol-yarog‘ ham yetkazib beradi.

Avvalroq 19 yanvar kuni Berlinda o‘tkazilgan konferensiyada Xalifa Haftar Liviyada sulh tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: