«Bunyodkor» BAAda mag‘lub bo‘lib, OChL guruh bosqichiga chiqa olmadi

Sport 23:04 / 28.01.2020 9682

Osiyo chempionlar ligasi hal qiluvchi pley-off o‘yini doirasida «Bunyodkor» jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida «Al-Ayn» klubi mehmoni bo‘ldi.

Vadim Abramov ushbu bahsda ham bir hafta oldin «Az-Zavra»ga qarshi maydonga tushirgan tarkibga ishonch bildirdi. Dastlabki bo‘lim tengkurashlar ostida kechib, hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar hisobni ochish payida hujumga ko‘proq e'tibor berishdi. Afsuski, mezbonlarning hujumlaridan biri gol bilan yakunlandi. Said Juma jarima maydonida sherigi bilan devor uslubida to‘p surib, «Bunyodkor» himoyachilarining xatosidan unumli foydalandi va hisobni ochdi – 1:0.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin hamyurtlarimizda musobaqadagi yurishlarini davom ettirish uchun kam vaqt qolgandi. Asosan qanotlardan uzatmalar orqali raqib jarima maydonida xavfli vaziyatlar yaratish payida bo‘lgan «qaldirg‘ochlar» aytarli vaziyat yuzaga keltira olishmadi. Natijada, kichik hisobdagi mag‘lubiyat bilan «Bunyodkor» OChL guruh bosqichiga chiqa olmadi.

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» klublari OChL saralash bosqichidan o‘ta olmagani bois, yangi mavsumda ushbu turnir guruh bosqichida O‘zbekiston sharafini faqatgina Toshkentning «Paxtakor» klubi himoya qiladi.

OChL. Pley off o‘yini. 28 yanvar (seshanba)
«Al-Ayn» (BAA) – «Bunyodkor» (O‘zbekiston) 1:0

Al-Ayn, «Hazza bin Zayyed» o‘yingohi.

Bosh hakam: Ko Xyun Jin (Janubiy Koreya)

Gol: Said Juma, 78.

«Al-Ayn»: 17. Xolid Issa, 3.Salim Abdulloh (23.Muhammad Ahmad, 90), 5.Ismoil Ahmad, 6.Yahyo Nodir, 9.Laba Kojo, 11.Bandar Al Ahbabi, 13.Ahmad Barman (24.Falah Volid, 90+4), 16.Muhammad Abdulrahmon, 26.Umar Yosin (99.Jamol Ma'ruf, 46), 33.Tukasa Shiotani, 44.Said Juma.

«Bunyodkor»: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 28.Hasan Yo‘ldoshev (49.Farrux Ikromov, 35), 6.Anvar G‘ofurov, 70.Murod Xolmuhamedov, 7.Dilshod Ahmadaliyev (4.Davronjon Ergashev, 88), 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 34.Suhrob Izzatov (5.Boburbek Farhodov, 70), 22.Sardor Abduraimov, 13.Lutfulla To‘rayev, 8.Jasur Jaloliddinov, 92.Humoyun Murtozayev.

Ko‘proq yangiliklar: