Afg‘onistondagi samolyot halokati tafsilotlari, epidemiyaning yuqori xavfi, Qozog‘istondagi ob-havo noqulayliklari va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekiston 20:47 / 28.01.2020 14876

O‘ZBeKISTON XABARLARI

·       Prezident sog‘liqni saqlash sohasi va ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

·       Germaniya Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi – «Yashil Markaziy Osiyo»ni ishga tushirmoqda

·       Xitoy hukumati Uxandagi xorijliklarni evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayapti

·       2019 yilgi paxta terimi davrida 7ta tuman hokimligi amaldorlari majburiy mehnat uchun javobgarlikka tortilgan

 

Iqtisodiyot

 ·       Tolimarjon IESni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi

·       Tojikistonda O‘zbekiston uchun GES quriladi

·       Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni yanada ko‘paytirishni rejalashtirmoqda

·       Prezident samolyot chiptalari narxi qimmatligini tanqid qildi

 

Jamiyat

 ·       Yosh iste'dodlarga litsenziya bepul beriladi — «O‘zbekkonsert»

·       Pensioner vafot etganida uning pensiyasini yaqinlari olishda davom etadigan tizimga o‘tilishi mumkin

·       «Mevadan qandaydir virus yuqishi holati hali kuzatilmagan» — Vazirlik koronavirus haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi

·       Aholining xususiy bandlik agentliklariga ishonchi yo‘qolmagan – Migratsiya agentligi

·       Qoraqalpog‘istondagi ko‘rkam namozxona buzilishi mumkin. Tadbirkor uni saqlab qolishni so‘ramoqda

·       Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan fotoalbom taqdim etildi

 

Huquq-tartibot

 ·       «Human» agentligi ishi: jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar proporsional ravishda qisman qaytariladi

·       «Ahmadboy»dan jabrlanganlarning pullarini qisman qaytarish boshlandi

·       Sobiq «Abu-Saxiy» bozorida tadbirkorlar noroziligi aks etgan video bo‘yicha bozor ma'muriyati munosabat bildirdi

·       OAV: Gulnora Karimovaning Britaniyada uchta uyi bor (foto)

·       Video: Toshkentda «hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi

 

JAHON XABARLARI

·       Xitoydagi o‘lim virusi: Koronavirus qurbonlari soni 106 nafarga yetdi. Virus Xitoydan tashqarida ham odamdan odamga yuqa boshladi — Germaniya va Yaponiyada ilk holatlar qayd etildi. Turkiyada koronavirus yuqtirishda gumonlangan 12 kishi shifoxonaga yotqizildi. Koronavirusga chalinganlarni davolashga bir-ikki hafta vaqt ketishi ma'lum qilindi

·       Afg‘onistonda yo‘lovchi samolyot qulagani tasdiqlanmadi. Bu amerikaliklarning harbiy samolyoti bo‘lgan. Samolyotda Sulaymoniyni o‘ldirish amaliyotiga boshchilik qilgan MRB ofitseri bo‘lgan

·       Pompeo AQSh Bashar Asad hamda unga yordam berayotganlarga nisbatan chora ko‘rishga tayyorligini aytdi

·       Noqulay ob-havo sababli Nur-Sulton aeroportida 30dan ortiq reys kechiktirildi va bekor qilindi

·       Erdo‘g‘an BAA Liviyadagi jangarilarni moliyalashtirayotganini aytdi

·       Falastin arab va musulmon elchilarini «asr kelishuvi»ni e'lon qilish marosimida qatnashmaslikka chaqirdi

·       Tibet «topilmasi»: muzliklar erishi qadimgi viruslarni yuzaga chiqarishi mumkin

 

SPORT XABARLARI

 ·       Qarshi Eron klublarining Chempionlar Ligasi o‘yinlarini qabul qilishi mumkin

·       Eriksen «Inter» futbolchisiga aylandi

·       Murodjon Ahmadaliyev shu haftada WBA chempionligi kamari uchun jang qiladi

Ko‘proq yangiliklar: