Xitoydagi mehmonxonada virus sababli izolyatsiya qilingan odamlarga ovqatni robot tashiydi 

Jahon 21:32 / 27.01.2020 10582

Xitoy sharqidagi Xanchjou shahri mehmonxonalaridan birida yashayotganlarga koronavirus tarqalishi sababli ovqatni robot tashiydigan bo‘ldi. Bu haqda Xitoy OAV xabar berdi.  

Global Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 16 qavatli mehmonxonada uxanlik yo‘lovchilar bilan bir reysda uchgan 200 dan ko‘proq odam joylashtirilgan. Ular ehtiyot chorasi sifatida 2 haftaga tashqi dunyodan ajratilgan. Biroq OAVda mehmonxona nomi ma'lum qilinmagan. Ovqat tashish uchun robot 28 yanvardan qo‘llay boshlanadi.

Nashr tvitterda oq-qora rangdagi robot xonalar eshigi yoniga kelayotgani, xonada yashayotgan odamlar esa robotdan ovqat solingan paketlarni olayotganlari aks etgan videoni e'lon qilgan. Biroq nashr ushbu video qachon tasvirga olinganiga aniqlik kiritmagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni 81 nafarga, kasallanganlar soni esa 2794 nafarga yetdi. 

Ko‘proq yangiliklar: