Toliblar Afg‘onistonda samolyot urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Jahon 19:44 / 27.01.2020 16329

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda samolyot urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Ular AQSh harbiy samolyotini urib tushirganliklarini ta'kidlamoqda, deb xabar berdi Ariana News telekanali.

Avvalroq G‘azna viloyatida samolyot halokatga uchragani xabar qilingandi. G‘azna gubernatori vakili Orif Nuriyning ma'lum qilishicha, samolyot toliblar nazorati ostidagi Deh-Yak tumani hududida ro‘y bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Afg‘onistonning Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, ammo aviakompaniya vakillari bu ma'lumotni inkor etgan.

Tolo News telekanalining xabar berishicha, samolyot parchalarida AQSh harbiy-havo kuchlarining tanituvchi belgilari bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: