La Liga. "Real" safarda "Valyadolid"ni yengib, 1-o‘ringa chiqib oldi

Sport 03:07 / 27.01.2020 6886

Ispaniya chempionati 21-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Real Madrid" "Valyadolid" uyiga safar qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 78-daqiqada Nacho tomonidan kiritildi. Shu tariqa, "Real Madrid" 46 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Barselona" hisobida 43 ochko bor. 

Valyadolid – Real Madrid 0:1
Gol: 0:1 – 78 Nacho. 
Valyadolid – Masip, Antonito, Salisu, Raul Garsiya, Xoakin Fernandes, Alkaras, San-Emeterio (de la Fuente, 81), Michel (Toni Vilya, 58), Olivas, Unal (Plano, 76), Gvardiola.
Real Madrid –    Kurtua, Mendi, Nacho, Varan, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Modrich (Valverde, 88), Rodrigo (Yovich, 90), Benzema.
Ogohlantirishlar: Xoakin Fernandes (10), Varan (36), Modrich (57), Nacho (76).

Atletiko – Leganes 0:0 

Selta – Eybar 0:0

Xetafe – Betis 1:0
Gol: 1:0 – 89, penalti Anxel Rodriges. 

Real Sosedad – Malorka 3:0
Gollar: 1:0 – 46 Isak, 2:0 – 58 Barrenechea, 3:0 – 81 Portu.

Ko‘proq yangiliklar: