JSST rahbari koronavirus epidemiyasi sababli Xitoyga yo‘l oldi 

Jahon 00:03 / 27.01.2020 13043

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus yangi turdagi zotiljam epidemiyasi sababli Xitoyga yo‘l oldi. Bu haqda Gebreyyesusning o‘zi tvitterda ma'lum qildi. 

“Men Xitoyga ushbu davlat hukumati va koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazgani yo‘l olmoqdaman”, deb ma'lum qilgan JSST rahbari.

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, u hamkasblari kabi oxirgi voqealar rivojini bilishni va Xitoy bilan zotiljamdan himoyalanishni ta'minlashda hamkorlikni mustahkamlashni istamoqda. 

Ayni vaqtda Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 2 mingdan oshdi, 57 kishi uning qurboniga aylandi. 

JSST koronavirus tarqalishini Xitoy uchun milliy darajadagi favqulodda vaziyat deb tan olgan, biroq hozircha xalqaro favqulodda vaziyat deb e'lon qilishga qaror qilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: