Jahon banki O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini modernizatsiya qilishga yordam beradi

O‘zbekiston 19:58 / 27.01.2020 5563

«Bu tomonlar o‘rtasidagi ikkinchi kelishuvdir. Dastlabki muzokaralar natijasida erishilgan bitimga ko‘ra, bank 2019 yil avgustida maslahat xizmatlari ko‘rsatishni yakunlagan», deyiladi Jahon banki matbuot xizmati xabarida.

Yangi kelishuvlar Jahon bankining fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha milliy siyosatni va turli segmentlarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda hukumatga ko‘rsatadigan yordamini o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

«Xavfsiz, ishonchli va samarali aviatsiya sohasi mamlakatda savdo, biznes va turizmni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Biz hukumat bilan bu yo‘nalishdagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ishonamanki, munosabatlarimiz O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada o‘sishiga, rivojlanishiga xizmat qiladi», – deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

2017 yilda islohotlar dasturi amalga oshirila boshlangandan buyon Jahon banki O‘zbekistonga moliyaviy va texnik yordam ko‘lamini kengaytirib kelmoqda. Ayni paytda bankning mamlakatdagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 3,5 milliard dollarga teng. Tuzilma mavjud 21ta loyiha asosida makroiqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi, suv ta’minoti va sanitariya, aholini ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: