Bojxonachilar Qorasaroyda qoradori operatsiyasiga chek qo‘yishdi

O‘zbekiston 17:25 / 27.01.2020 3928

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda qo‘mita axborot xizmati.

Tezkor tadbir davomida fuqaro I.N. to‘xtatilib belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida uning yonidan 1,64 gramm giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

«Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.X. ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yonidan ham umumiy og‘irligi 9,53 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro Z.Z. va uning xonadoni o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganida, umumiy miqdori 9,64 grammni tashkil etuvchi gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi», – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi xabarida.

Tadbir davomida umumiy miqdori 20,81 gramm gashish giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: