Qozog‘iston koronavirus sababli Xitoy uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi

Jahon 22:35 / 26.01.2020 11374

Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin Xitoyda tarqalgan koronavirusning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va Qozog‘istonda uning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

“Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xitoydagi koronavirusning Qozog‘iston hududida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rishni buyurdi”, deb aytgan Mamin yig‘ilishda.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra bosh vazir quyidagi choralarni ko‘rishni topshirgan:

  • davlat chegarasidagi, jumladan havo, avtomobil va temir yo‘l transporti obektlari o‘tkazish punktlarida sanitar-epidemiologik va migratsion nazoratni kuchaytirish;
  •  Xitoydan kelayotgan barcha shaxslar ortidan ularning yashash joyi bo‘yicha tibbiy kuzatuv o‘rnatish; 
  •  Xitoyga xizmat safarlarini cheklash hamda shaxsiy va sayyohlik maqsadlarida Xitoyga bormay turishni tavsiya qilish; 
  •  Xitoydan kelayotgan tranzit yo‘lovchilar uchun Qozog‘iston hududida 72 soat davomida vizasiz qolish rejimi amal qilishini to‘xtatish;
  •  “Xorgos” xalqaro chegarabo‘yi hamkorligi markazining Qozog‘istondagi qismi ishini vaqtinchalik to‘xtatish;
  •  Xitoydagi Qozog‘iston fuqarolariga konsullik va boshqa yordam ko‘rsatish maqsadida ular bilan ishlarni faollashtirish;
  •  zarurat bo‘lganda Uxandagi qozog‘istonlik talabalar va boshqa fuqarolarning favqulodda evakuatsiyasini ta'minlash.
Ko‘proq yangiliklar: