Braziliyada kuchli jala yog‘ishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Jahon 17:40 / 26.01.2020 6821

Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida kuchli jala yog‘ishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda G1 telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yana yetti kishi jabrlangan va 17 kishi bedarak yo‘qolgan. Shtatda 2,5 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Jala shtatning 36 munitsipalitetida noqulayliklar keltirib chiqargani aytilmoqda.

Braziliya milliy meteorologiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 24 yanvarda Minas-Jyeyras shtati poytaxti Belu-Orizonti shahrida 110 yil ichidagi rekord miqdor – 171,8 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: