Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 1200dan oshdi

Jahon 23:15 / 25.01.2020 8026

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p jabrlanganlar Elyazig‘ (843) va Malatya (226) viloyatlarida bo‘lgan. Bundan tashqari, Diyorbakir, Shonliurfa, Adiyaman, Qahramonmarash, Botmon viloyatlarida ham jabrlanganlar bor.

Tabiiy ofat yuz bergan hududda 3,7 mingga yaqin qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, zilzila natijasida 30 ta bino vayron bo‘lgan va 81 ta binoga kuchli zarar yetgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: