Tojikistonga 2019 yilda eng ko‘p gumanitar yordam bergan mamlakatlar ma'lum qilindi. O‘zbekiston 3-o‘rinda

Jahon 18:54 / 25.01.2020 15213

O‘tgan yili Tojikistonga 55 mamlakat gumanitar yordam ko‘rsatdi, deb ma'lum qildi mamlakat statistika agentligi.

Gumanitar yordam miqdori 2018 yildagiga nisbatan 6,3 million dollarga oshgan va 54,7 million dollardan ortiqroqni tashkil etgan.

Respublika hammasi bo‘lib 18,3 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam olgan.

Tojikistonga gumanitar yordam sifatida xususan, un, o‘simlik moyi, dori-darmonlar yetkazib berilgan.  

O‘tgan yili eng ko‘p miqdordagi gumanitar yordam Rossiya (36 foiz), Xitoy (22 foiz) va O‘zbekistondan (8,3 foiz) bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: