Prezident partiyalarni saylovchilarga berilgan va'dalarni bajarishga chaqirdi

O‘zbekiston 17:21 / 25.01.2020 4973

Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni parlamentga qilgan murojaatida deputatlarga yuzlanib, ulardan aholi muammolarini hal qilishga da'vat etdi.

«Barcha darajadagi rahbarlar erishilgan dastlabki ijobiy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka aslo berilmasligi kerak.

Yangi parlament va hukumatning kelgusi 5 yildagi faoliyatining pirovard maqsadi – O‘zbekistonda yashayotgan ko‘pmillatli xalqimiz hayotini yuksaltirishdan iborat bo‘lishi shart.

Shu munosabat bilan deputatlarimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchiman: saylovoldi uchrashuvlarida aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha aniq dastur va «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish hamda ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda to‘liq amalga oshirish zarur.

Aks holda, sizlarga ishonch bildirgan saylovchilar oldida deputatning obro‘si bo‘lmaydi, partiyaning mavqeyi tushib ketadi. Chunki bugun xalqimizning tafakkuri ham, dunyoqarashi ham, talab va ehtiyojlari ham butunlay o‘zgargan. Xalqimiz hammadan ziyrak va ulug‘dir», – dedi davlat rahbari.

Ma'lum qilinishicha, Virtual va Xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ortiq murojaat kelib tushyapti.

«Endi davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaatlarni qay darajada hal etayotgani bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi», – dedi Mirziyoyev.

Ko‘proq yangiliklar: