Prezident: «Moratoriy tugadi degani – yoppasiga tekshir-tekshirlar boshlanadi degani emas»

O‘zbekiston 22:50 / 25.01.2020 31458

O‘zbekistonda 2 yil oldin korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga nisbatan e'lon qilingan moratoriyning muddati tugadi.

Lekin, prezident Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, bu – yana eski usulda yoppasiga tekshir-tekshirlarni boshlab yuborish mumkin, degani emas.

2020 yilning birinchi choragida, ilg‘or tajribalar asosida, barcha darajadagi nazorat qiluvchi idoralarda yangi zamonaviy tizim joriy etilishi shart. Ana shu tizim orqali har bir korxona va tadbirkor bo‘yicha alohida-alohida ish olib borib, ularning qonuniy faoliyat yuritishini ta'minlash, tekshirishni esa eng so‘nggi favqulodda chora sifatida adolatli o‘tkazish kerak», – dedi davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida.

Ma'lum qilinishicha, nazorat idoralarining rahbarlari shu masala yuzasidan har chorakda shaxsan parlament oldida hisobot berib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: